Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In AQSh bilan muloqotdan bosh tortdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQShning muloqot haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Siyosatchining ta'kidlashicha, Vashington Pxenyandan “diplomatik hamkorlik va hech qanday shartlarsiz muloqotni” talab qilmoqda. Biroq Kim Chen Inning ta'kidlashicha, bu “AQShning xalqaro hamjamiyatni aldash va o‘z dushmanona harakatlarini yashirishi uchun ko‘zni shamg‘alat qilishidan bo‘lak narsa emas”.
Shimoliy Koreya rahbarining aytishicha, muloqot haqidagi taklif AQShning avvalgi ma'muriyatlari olib borgan dushmanona siyosatning davomi hisoblanadi.
“AQShda hokimiyat tepasiga yangi ma'muriyat kelganidan keyin o‘tgan oxirgi 8 oy AQShning bizga nisbatan harbiy tahdidi va dushmanona siyosati hech qancha o‘zgarmaganini ko‘rsatdi”, deb aytgan Kim Chen In.
Avvalroq u AQShni Shimoliy Koreyaning bosh dushmani deb atagan. Uning ta'kidlashicha, Vashingtonning Pxenyanga nisbatan siyosati AQSh ma'muriyatidagi rahbarlik lavozimlarini kim egallashidan qat'i nazar o‘zgarmaydi.
Shimoliy Koreya yetakchisining aytishicha, Vashington o‘z “dushmanona niyatlari”dan qaytgachgina, Pxenyan bilan munosabatlarni yaxshilashi mumkin.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026