O‘zbekiston | 08:26 / 01.10.2021
5973
1 daqiqa o‘qiladi
Bugun Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Bugun kunduz kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Asosiy hududlar bo‘yicha harorat foni 17-22 daraja iliqqacha, shimolda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy yo‘nalishdagi shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22 daraja issiqqacha pasayadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:26 / 13.10.2024
14 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
16:53 / 12.10.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
15:10 / 12.10.2024
13 oktyabr kuni kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
16:07 / 11.10.2024