Sentyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
2021 yil sentyabr holatiga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni Namanganda tayyorlanmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi respublikaning markaziy hududlaridagi osh markazlarida o‘tkazgan kuzatuvlari natijasida palovning o‘rtacha narxlari haqida ma'lumot berdi.
Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.
2021 yilning sentyabr oyi holatiga ko‘ra, eng arzon tayyor palov Namanganda tayyorlanmoqda. Bu yerda palovning bir porsiyasi 14,7 ming so‘mdan, bir kilogrammi 102 ming so‘mdan sotilmoqda.
Eng qimmat palov Toshkent shahrida. Poytaxtda palovning bir porsiyasini 24 ming, kilogrammini 169 ming so‘mdan sotib olish mumkin.
Mavzuga oid
11:04 / 13.10.2024
O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
11:06 / 29.09.2024
2024 yil 8 oyda O‘zbekiston tashqi savdosidagi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
09:24 / 27.09.2024