Shimoliy Koreya bir hafta ichida ikkinchi raketa sinovini o‘tkazdi
Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi mamlakatda yangi zenit raketasi sinovi o‘tganini ma'lum qildi. Bu Shimoliy Koreyada bir hafta ichida amalga oshirilayotgan ikkinchi raketa sinovi hisoblanadi.
Shimoliy Koreya mudofaa fanlari akademiyasi o‘zi ishlab chiqqan yangi raketa sinovini 30 sentyabrda o‘tkazgan. Uning davomida raketaning, uchirish qurilmasi, radar va jangovar boshqaruv mashinasining ko‘rsatkichlari tekshirilgan.
Sinov borishini Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi vakillari va kotibi Pak Chon Chxon kuzatishgan.
Shimoliy Koreya 28 sentyabrda o‘z tarixida birinchi marta yangi gipertovushli raketa “Xvason-8” sinovini o‘tkazgandi. Ta'kidlanishicha, mamlakat yetakchisi Kim Chen In sinovda ishtirok etmagan. Avvalroq u parlamentning yangi sessiyasi ochilishini ham o‘tkazib yuborgan.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Shimoliy Koreyaning raketa sinovlaridan xavotir bildirgan va bu xatti-harakatlar mintaqada barqarorlik hamda xavfsizlikka raxna solishini aytgan.
Mavzuga oid
18:59 / 19.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Shimoliy Koreya bilan o‘yinda 10 kishi qolib, qiyin g‘alabaga erishdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024