Jahon | 23:09 / 04.10.2021
7772
2 daqiqa o‘qiladi

16 yoshli qiz bir kun davomida Finlandiya prezidenti vakolatlarini bajaradi

Foto: RIA Novosti

Finlandiya prezidenti Sauli Niiniste BMTning Girls Takeover (Qizlar hokimiyatni egallaydi) kampaniyasi doirasida 6 oktyabrdagi ish kunini 16 yoshli qiz Nella Salminen bilan birga o‘tkazadi.

Girls Takeover 11 oktyabrda nishonlanuvchi Xalqaro qizlar kunining bir qismi bo‘lib, uning doirasida turli davlatlarda qizlar bir kunga o‘zlarini mamlakat yetakchilari sifatida sinab ko‘rishadi. Ta'kidlanishicha, ushbu kampaniya Finlandiyada beshinchi marta o‘tkazilmoqda. Joriy yilda ushbu kampaniyaning maqsadi axborotning teng huquqlikka ta'siri mavzusini ko‘tarish bo‘ladi.

Prezident devonxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, Niiniste qiz bilan birga iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dunyo yetakchilarining IMPACT onlayn-anjumanida ishtirok etadi. Ushbu anjuman Reuters axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan.

Bundan tashqari, Nella Salminen prezident bilan birga Ayollar birlashmalari markaziy ittifoqi rahbari Eva Biode, prezidentning rafiqasi Yyenni Xaukio va prezident mahkamasi a'zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Ish kuni so‘ngida Salminen teng huquqlikka bag‘ishlangan nutq so‘zlashi kutilmoqda.

2020 yilda Xalqaro qizlar kuni doirasida 16 yoshli Aava Murto bir kunga Finlandiya bosh vaziri lavozimini egallagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid