Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Kobuldagi portlashlarga aloqador IShID a'zolarini yo‘q qildi
Yakshanba kuni Kobuldagi Idgoh masjidi yonida sodir etilgan kuchli portlashlar oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan.
"Tolibon" maxsus kuchlari Kobuldagi IShID tashkiloti a'zolarini yo‘q qildi. Ariana News telekanalining xabar berishicha, Kobuldagi masjidlardan birida sodir etilgan portlashlarga aloqador barcha terrorchilar yo‘q qilingan.
"Kuchlarimizning qat'iy va muvaffaqiyatli harakatlari natijasida IShID yacheykasi butunlay yo‘q qilindi. Barcha terrorchilar o‘ldirildi", — dedi "Tolibon" rasmiy vakili Zabihulla Mujohid.
Yakshanba kuni Kobuldagi Idgoh masjidi yonida olomon orasida kuchli portlashlar sodir etildi.
ToloNews telekanalining xabar berishicha, kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan.
18 va 19 sentyabrda Afg‘onistonning Jalolobod shahrida ham bir qator portlashlar sodir etilgandi. Hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Xabarlarga ko‘ra, portlashlar uchun javobgarlikni “IShID-Xuroson” o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
07:58 / 27.02.2026
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi
17:59 / 29.12.2025