O‘zbekiston | 17:45 / 05.10.2021
2155
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda fuqaroga quruvchidan haqqi undirib berildi

Foto: KUN.UZ

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro uy olish uchun to‘lagan boshlang‘ich to‘lovini qaytarib olishda muammolarga duch keldi. Pulni qaytarishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yordam bergan.

Uzoq vaqtdan beri zamonaviy yangi qurilgan uydan xonadon sotib olishni orzu qilgan fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uydan uy-joy sotib olish maqsadida “Ismoil Islom qurilish” MChJ bilan shartnoma tuzadi. Boshlang‘ich to‘lov uchun 30 mln so‘m mablag‘ miqdorida to‘lovni amalga oshiradi. 

Xonadon uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, uni kredit shartlari asosida xarid qilishga qaror qiladi.

Biroq, ipoteka krediti shartlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng, o‘zi uchun nomaqbul hisoblaydi va quruvchi “Ismoil Islom qurilish” MChJ bilan  shartnomani bekor qilishga va boshlang‘ich to‘lovni qaytarish fikriga keladi.

Ammo quruvchi har xil bahonalar bilan boshlang‘ich to‘lov uchun to‘langan pul mablag‘larni qaytarilmasligini ma'lum qiladi. So‘ng fuqaro Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Namangan viloyati hududiy tuzilmasiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Agentlik mutaxassislari tomonidan shartnoma shartlari hamda mazkur murojaatning barcha tafsilotlari o‘rganib chiqilib, xonadon sotib olish uchun to‘langan 30 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ni iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi.

Mavzuga oid