Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir qator avtobuslarning yo‘nalishi o‘zgardi
“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” tezyurar elektr poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida, Parkent ko‘chasidan KHAYga o‘tish qismida qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. 2021 yil 5 oktabr kunidan boshlab, 58, 88, 89, 95-sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi:
58-sonli avtobus yo‘nalishi - Mustaqillik shohko‘chasidan Oqqo‘rg‘on, Katta Darxon ko‘chalari orqali “Ekskavator zavodi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
88-sonli avtobus yo‘nalishi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasi, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali va keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;
89- va 95-sonli avtobus yo‘nalishlari - shahar tomon harakatlari Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasi, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali Oqqo‘rg‘on - Katta Darxon ko‘chalari kesishgan joydan orqaga burilib olib, o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda (qaytishda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda).
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
10:04 / 03.06.2026