O‘zbekiston | 12:23 / 07.10.2021
7553
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti kelgusi oyda Rossiyaga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga ega tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Prezident Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi roli hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. 

Prezidentlar kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiyaga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishidan kelib chiqqan holda fikr almashildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid