Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq, kelgusi yilda «Do‘stlik-2022» o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi tadbir Xorazm viloyatidagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli «Yangiariq» umumqo‘shin poligoni hududida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu poligonda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosdagi ilk harbiy mashg‘ulotlardir.
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayoni doirasida mehmon davlat vakillarining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifiga bag‘ishlab videokonferensiya aloqa tizimi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahridan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ofitserlari, Nukusdan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Hindiston mudofaa vazirligi mas'ullari ishtirok etib, rejalashtirilgan tadbirlarni muhokama etishdi.
Uchrashuv davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan «Yangiariq» umumqo‘shin poligonining jangovar imkoniyatlari, yaratilgan qulay sharoitlar hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mavjud o‘quv-moddiy baza namoyish etildi.
Tadbir davomida Hindiston vakillari shu yilning dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif bilan kelish istagini bildirishdi. Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026