Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda davlat muassasalarining emlanmagan xodimlari ishdan chetlashtiriladi
Barcha emlanmagan xodimlar vaksina olmagunicha ta'tilda deb hisoblanadi.
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida davlat tashkilotlarining 16 oktyabrgacha koronavirusga qarshi vaksina olmagan xodimlari ishga qo‘yilmaydi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.
“Dehli poytaxt okrugi ma'muriyatida ishlaydigan barcha xodimlar, maktab va kollejlarning o‘qituvchilari va boshqa xodimlari 15 oktyabrgacha koronavirusga qarshi emlanishi shart”, – deyiladi poytaxt okrugi favqulodda vaziyatlar oqibatlari bilan kurashish boshqarmasi buyrug‘ida.
Buyruqqa ko‘ra, barcha emlanmagan xodimlar vaksina olmagunicha ta'tilda deb hisoblanadi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, pandemiya boshlanganidan buyon Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 33,9 milliondan oshgan, 450 mingdan ziyod bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026