Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusdan sutkalik o‘lim holatlari bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
Sutka davomida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 29362ta yangi holat aniqlandi.
Rosstat koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha avgust oyi statistikasini e'lon qildi.
Ma'lumot berilishicha, Rossiyada yozning so‘nggi oyida COVID-19ga chalingan 49389 nafar bemor vafot etgan. Bu iyulda qayd etilgan 51044 o‘limdan salgina kamroq. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 250 mingdan oshgan (o‘tgan yili 12 oy davomida 163,3 ming kishi vafot etgan).
Rossiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda va yomonlashishda davom etmoqda, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Peterburgda keksalar uchun cheklovlar kuchaytirilishi mumkinligi aytildi. Shahar hokimiyati bu toifadagi fuqarolarning emlanish sur'atidan norozi. Ma'lumot berilishicha, hozirgacha bir milliondan ortiq pensionerdan 526 ming nafari emlangan.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026