O‘zbekiston | 08:06 / 12.10.2021
7194
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholining necha foizi mehnatga layoqatli ekani ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli ekani ma'lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar e'lon qildi.

Qo‘mitaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabr holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagilar 57,8 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 31,1 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar  11,1 foizga teng.

Avvalroq, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshgani ma'lum qilingandi.

2021 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.

Doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 million kishiga oshgan.

Mavzuga oid