Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTHga uchragan Nexia yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sebzor chorrahasida "Nexia" avtomobili yonib ketganligi bo‘yicha ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan rasmiy xabar berdi.
Joriy yilning 13 oktabr kuni soat 22:30larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, "Nurafshon-Sebzor" ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi "Lacetti" hamda haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan D.Q. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va "Nexia" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan “Nexia” yonib ketgani, ikki kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:11
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
08:08
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi
15:40 / 07.12.2025
Qozog‘istonda avtobusdagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
13:14 / 06.12.2025