Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ona aliment uchun farzandlariga 117 million so‘m to‘ladi
Samarqand viloyati Narpay tumanida qarzdor ona aliment uchun farzandlariga 117 million so‘m to‘lab bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2021 yil 12 oktyabrdagi qaroriga asosan qarzdor E.N.dan undiruvchi M.N.ga ikki nafar farzandining ta'minoti uchun daromadning uchdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Narpay tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan qarzdorning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor E.N. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir insonning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ona 117 million 730 ming so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026