Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i bekor qilindi
Prezident qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i bekor qilinadi.
Prezidentning “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–5267-son) qabul qilindi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Unga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.
Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta'minlash talab etilmagan holda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Mavzuga oid
12:22 / 13.01.2026
Antimonopolistik choralar fonida propan narxi sezilarli darajada arzonlashdi
10:57 / 26.11.2025
2026 yil 1 apreldan chipslar uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin
11:42 / 07.11.2025
Imtiyozli suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga urinish fosh etildi
13:44 / 20.08.2025