«Yuqori qöşilgan qiymatga ega bölgan etilen va propilen polimerlaridan mahsulot işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» prezident qarori qabul qilindi. Unga köra:
- 2025 yilning 1 sentabridan 2028 yilning 1 yanvariga qadar Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan va aniq texnik parametrlar asosida şakllantirilgan röyxat böyiça olib kiriladigan polietilen granulalariga aksiz soliğining nol stavkasi;
- 2028 yilning 1 yanvarigaça ayrim etilen polimerlarining birlamçi şakllari va propilen polimerlarining birlamçi şakllari importi uçun bojxona bojining nol stavkasi qöllanadi.
Bojxona qömitasiga Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi bilan birgalikda (eks-offitsio tamoyili asosida) mamlakatga sifatsiz kontrafakt qadoqlar, xususan, polietilen va polipropilen plyonkalar, notöqima materiallar, polietilen qoplar, big-beglar va boşqalar importining oldini oliş çoralarini köriş topşirildi.
Şuningdek, polietilen granulalar işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalar uçun aksiz soliği solişda import bilan teng şaroitlar yaratiladi.








