O‘zbekiston | 14:40 / 25.10.2021
1609
2 daqiqa o‘qiladi

Shumanayda 2 nafar aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi

Foto: KUN.UZ

Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor G.G. farzandi uchun undiruvchi N.S. foydasiga ish haqining 1/4 qismi miqdorida hamda yana bir qarzdor M.A.dan undiruvchi D. M. foydasiga ish haqining 1/2 qismi miqdorida aliment to‘lashlari lozim edi. Bu haqda Kun.uz’ga MIBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan. Qarzdor otalarga tanishtirilgan hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramasdan joriy yilning oktyabr oyigacha otalar tomonidan aliment umuman to‘lanmagan.

Oqibatda oktyabr oyi holatiga G.G.ning qarzdorligi 15 mln so‘mdan, qarzdor M.A.ning qarzdorligi esa 7,4 mln so‘mdan oshib ketgan.

Shu sababli byuroning tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlarga nisbatan MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma tuzilgan holda to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. Natijada JIB Shumanay tuman sudi tomonidan qarzdor M.A. va G.G.ga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo‘llangan.

Bundan oldin MIB Mo‘ynoqda undiruvchi foydasiga qariyb 270 mln so‘mni undirib bergandi.

Mavzuga oid