Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada ikki o‘rindiqli elektr suvosti kemasi ishlab chiqildi
Niderlandiyaning U-Boat Worx kompaniyasi Super Sub deb nom olgan elektr suvosti kemasini ishlab chiqdi.
New Atlas nashrining xabar berishicha, kema 8 uzel (15 km/soat) tezlik bilan suza oladi. “Bu afalina delfinining tezligidan yuqoriroq. Biroq boshqa tomondan, 8 uzel uncha katta tezlik emas. Misol uchun, oq akulalar 3 marta tezroq suzadi, biroq baribir yomon natija emas”, deb ta'kidlab o‘tgan kema mualliflari.
80 ot kuchiga ega suvosti kemasi oynavand kabinaga ega. U ikki kishiga mo‘ljallangan. Kema, shuningdek, yo‘nalish bo‘yicha avtomatik harakatlanish va belgilangan chuqurlikda qolish funksiyasiga ega.
Qurilma qayta quvvatlanishsiz 8 soat ishlashi mumkin va 300 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘iy oladi. Biror kor-hol yuz bergudek bo‘lsa, u ekipajni kamida 96 soat davomida kislorod bilan ta'minlay oladi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026