Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus tarqalishi avj olmoqda
17 oktyabrdan buyon bir nechta mahalliy infeksiya o‘choqlari aniqlandi va kasallik tez tarqalmoqda. Mamlakat aholisining 75 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangani ham infeksiya tarqalishini to‘xtata olmayapti.
Foto: Getty Images
Bir hafta ichida Xitoyning o‘n bir provinsiyasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yuzdan ortiq yangi holatlar tasdiqlandi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi vakili Mi Fen ma'lum qildi.
17 oktyabrdan buyon bir nechta mahalliy infeksiya o‘choqlari aniqlandi va kasallik tez tarqalmoqda. Mamlakat aholisining 75 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangani ham infeksiya tarqalishini to‘xtata olmayapti.
Dastlabki holatlar 16 oktyabr kuni shanhaylik to‘liq emlangan turistlar guruhi orasida aniqlangandi. Qayd etilgan 133ta holatdan 106tasi 13ta turistlar guruhi bilan bog‘liq.
Yangi holatlar Ichki Mo‘g‘uliston, Gansu, Ninsya, Guychjou, Lanchjou va Pekinda qayd etilgan.
Hozirda turistik agentliklarga bu hududlarga sayohatlar uyushtirish taqiqlandi, poytaxtga kirishga cheklovlar joriy etildi.
Mavzuga oid
09:22
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
23:23 / 27.04.2026