Jahon | 15:24 / 27.10.2021
5658
2 daqiqa o‘qiladi

Durov Telegram kanallarda rasmiy reklamalar paydo bo‘lishini ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha reklamalar yirik kanallarga joylashtiriladi. Bular mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan kanallardir.

Foto: Aleksey Zotov/Legion Media

Telegram messenjeri kanallarida rasmiy reklamalar paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Pavel Durov o‘z Telegram kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha reklamalar yirik kanallarga joylashtiriladi. Bular mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan kanallardir, deyiladi xabarda.

Durovning ishontirishicha, messenjer reklamani toifalarga mo‘ljallab berish maqsadida foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plamaydi. Reklamalar mazmuni kanallar mavzusiga bog‘liq bo‘ladi.

Ma'lumot berilishicha, reklama xabarlarining uzunligi 160 ta belgidan oshmaydi, ularda fotosuratlar va boshqa saytlarga havolalar bo‘lmaydi. Reklama kanaldagi barcha yangi xabarlar ko‘rib bo‘lganidan keyin paydo bo‘ladi.

Reklama beruvchilar kanallarning tili va mavzularini tanlashlari mumkin bo‘ladi. 

Reklamalardan keladigan daromad bazaviy xarajatlarni qoplashni boshlaganidan so‘ng va platforma to‘liq ishga tushgach, daromad Telegram va reklama beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi.

«Reklamalardan keladigan daromad Telegram uchun foydalanuvchilarga bepul va cheklanmagan servisni taqdim etish imkoniyatini beradi», — deb yozadi Durov.

Ma'lumotlarga ko‘ra, messenjerdan har oyda 500 milliondan ortiq foydalaguvchi foydalanadi.

Mavzuga oid