O‘zbekiston | 07:39 / 27.10.2021
3216
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Kiyevga parvozlar soni oshiriladi

«Uzbekistan Airways» AJ joriy yil 3 noyabrdan boshlab har chorshanba kunlari Kiyevga aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

Foto: Uzbekistan Airways

Qayd etilishicha, noyabr oyining boshidan aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 203 229 so‘mdan (bagajsiz) va 2 539 315 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 4 149 045 so‘mdan (bagajsiz) va 4 771 427 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.

Avvalroq, Toshkent – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov tiklanayotgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid