Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarga gumanitar yordam ajratadi
Yaponiya Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlarga 65 mln dollar miqdorida gumanitar yordam ajratadi. Shundan 58 mln dollari Afg‘onistonga, qolgan qismi Pokiston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonga beriladi.
Yaponiya hukumati Afg‘oniston va qo‘shni davlatlarga 65 million dollar miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi.
Ushbu gumanitar yordam yettita xalqaro tashkilot orqali amalga oshiriladi hamda Afg‘oniston va qo‘shni davlatlarda (Pokiston, Eron, Tojikiston va O‘zbekiston) turar joy, sog‘liqni saqlash, suv, sanitariya, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va ta'lim kabi sohalarni yaxshilash uchun ishlatilishi ko‘zda tutilgan.
«Yaponiya hukumati Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va mintaqada barqarorlikni ta'minlashda faol rol o‘ynaydi», — deyilgan Yaponiya TIV bayonotida.
Yordamning asosiy qismi Afg‘onistonga (58 mln dollar), qolgan qismlari esa Pokiston (3,5 mln dollar), Eron (2,6 mln dollar), Tojikiston (700 ming dollar) va O‘zbekistonga (200 ming dollar) ajratiladi.
Avvalroq, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen «Katta yigirmatalik»ning Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvida afg‘on xalqi va Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga 1 milliard yevrolik yordam paketi ajratilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026