Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi hovlida yong‘in chiqib, qo‘shni uyga ham zarar yetdi
Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati
Namangan shahridagi xonadonlarning birida yuzaga kelgan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 30 oktabr kuni soat 02:33 da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining qisqa raqamiga shaharning «Nurafshon» mahalla fuqarolar yig‘ini, Soy ko‘chasi, 60-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi yetib borgan.
Yong‘in natijasida yashash uyning shift va tom qismining 40 kvadrat metr joyi hamda qo‘shni uyning tom qismining 20 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘in qutqaruvchilar tomonidan soat 02:57 da o‘chirilgan, 300 kvadrat metr joy saqlab qolingan.
«Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida insonlarning kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan», deyiladi xabarda.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 02.02.2026
Aviator’dagi yong‘indan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab shu kabi obektlarni tekshirish boshlandi
12:50 / 02.02.2026
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
11:35 / 02.02.2026
Aviator’dagi yong‘in yuzasidan jinoiy ish ochildi
09:31 / 02.02.2026