Buxoro aeroportida nosozlikka uchragan Rossiya samolyoti ta'mirlandi
Rossiya Federatsiyasining «SMARTAVIA» aviatashuvchisiga tegishli zamonamizning o‘ta yangi tipdagi Airbus 320NEO avialaynerining dvigateli parragidagi kurakchalar «Uzbekistan Airways Technics» MChJ xodimlari tomonidan muvaffaqiyatli almashtirilgan.
Jarayon Buxoro xalqaro aeroportida 29 oktyabr kuni o‘tkazilgan. «Uzbekistan Airways Technics» MChJ mutaxassislari ilk marta bunday ta'mirlash bilan shug‘ullanishdi, deb yozmoqda korxona rasmiy sayti.
Samolyotning CFMI Leap-1A rusumli birinchi dvigatelidagi parrak qurilmasining 4-kurakchasi noma'lum jism tegishi natijasida nuqsonga uchragan, shu sababli uni tezlik bilan almashtirish talab etilgan.
Masala juda murakkab va mas'uliyatli bo‘lib, parametrlarni o‘lchash va dvigatel tizimining ishga yaroqliligini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq aniq tekshiruvlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Kurakchalar almashtirilgach, dvigatellar o‘rnatilgan tartibga qat'iy rioya qilingan holda ishga tushiriladi. Bu ishlarning barchasi «Uzbekistan Airways Technics» MChJning yuqori malakali mutaxassislari sa'y-harakatlari bilan amalga oshirilgan.
MDH hududida yetakchi texnik xizmat ko‘rsatish markazlaridan biri sanaluvchi «Uzbekistan Airways Technics» texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma'qullangan tashkilot bo‘lib, Yevropa (EASA Part-145) hamda O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Bermud orollari, Kuvayt, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarning aviatsiya hukumati sertifikatlariga ega.
Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi parkida ham superzamonaviy ikkita Airbus A320 NEO samolyotlari mavjud. Ulardan birinchisi 2019 yil 11 mart kuni Toshkentga kelib qo‘ngan.
Mavzuga oid
17:50
Buxoroda hokimlar, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari 6 oylik favqulodda ish tartibiga o‘tkazildi
14:11
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
20:33 / 28.11.2024
Buxoroda salkam 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
12:03 / 28.11.2024