Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Farg‘onaazot»dagi davlat ulushi xususiylashtiriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Farg‘onaazot” AJ ustav kapitalidagi 99,02 foiz ulushni xususiylashtirish jarayonlariga xalqaro nufuzga ega konsultant va auditorlik kompaniyalarini tanlov asosida jalb etganini ma'lum qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, “Farg‘onaazot” ustav kapitalidagi 99,02 foiz ulushni xususiylashtirish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda takliflar ishlab chiqildi.
Xalqaro kompaniyalar orasidan eng maqbuli, narx (tijorat) taklifi, sohadagi tajribasi, malaka va salohiyati, savdolarni tashkil etish yondashuvlari bo‘yicha quyidagilar tanlab olindi:
xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish va kompleks tahlil o‘tkazish uchun yetakchi konsultant etib - “Deloitte” xalqaro konsalting kompaniyasi;
ulushni baholash ishlari uchun - “KPMG” xalqaro baholovchi kompaniyasi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Strategik konsultanti sifatida Xalqaro moliya korporatsiyasini davlat aktivini sotish jarayonlari doirasidagi muzokaralarda maslahat berish uchun jalb etish yuzasidan ishlar olib borilayotgani aytilgan.
Xalqaro konsultantlar tavsiyalaridan kelib chiqib, davlat ulushi bo‘yicha manfaatdor va salohiyatli investorlarning savdolarda ishtirok etishi uchun qo‘yiladigan talablar va boshqa savdo shartlari bo‘yicha ma'lumotlar qo‘shimcha ravishda e'lon qilinishi bildirilgan.
Mavzuga oid
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026
Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
11:37 / 28.05.2026
“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi
20:45 / 15.05.2026