Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti 2022 yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma'lum qildi.
«Kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida prezident janoblari bilan shaxsan uchrashishdan umidvorman hamda ushbu tashrif munosabatlarimizni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat bo‘lishiga ishonaman», deya ta'kidladi u Shavkat Mirziyoyevga prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.
Joriy yilning mart oyi oxirida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun 10 dan ortiq turli hujjatlarni imzoladi.
Muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani ham imzoladi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026