Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda madaniy meros texnikumlari tashkil etiladi
“Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlandi. Universitet Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta'lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish bo‘yicha ilmiy muassasaga aylantirildi.
2022/2023 o‘quv yilidan Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkent turizm va servis kolleji negizida “Ipak yo‘li” universitetining Toshkent filiali tashkil etildi. Universitet huzurida quyidagilar o‘z faoliyatini boshlaydi: “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti; “Ipak yo‘li” muzeyi; “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi; “Ipak yo‘li” san'at galereyasi; Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi.
Har yili universitetga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hamda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta'lim olish uchun 85 ta o‘rin ajratiladi. Universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari va izlanuvchilari uchun xizmat turar joyi sifatida 20 ta uy-joy ajratib beriladi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2022–2026 yillarda xorijdagi nufuzli ta'lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi joriy qilinadi. Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassis (40 nafari magistratura va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida) o‘qitiladi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026