Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bezos fondi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga 2 milliard dollar ajratadi
Ma'lumot berilishicha, Afrika va AQSh landshaftini tiklash uchun bir milliard dollar yo‘naltiriladi. Tiklash ishlari doirasida Afrikada daraxtlar ekiladi, yaylovlar qayta tiklanadi.
Amazon asoschisi Jyeff Bezosning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish fondi tabiatni tiklash ishlari uchun 2 milliard dollar ajratadi, deb xabar berdi Business Insider.
Ma'lumot berilishicha, Afrika va AQSh landshaftini tiklash uchun bir milliard dollar yo‘naltiriladi. Tiklash ishlari doirasida Afrikada daraxtlar ekiladi, yaylovlar qayta tiklanadi.
AQShda esa bioxilmaxillikni himoya qilayotgan va jamiyatga foyda keltirayotgan 20dan ortiq landshaftni tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, fond qishloq xo‘jalik mahsulotlari serhosilligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish bilan bog‘liq vazifalar uchun ham mablag‘ ajratadi.
“Bezosning yer fondi” iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishga yordam beruvchi olimlar, faollar, nohukumat tashkilotlarni 10 milliard dollar miqdorida moliyalashtirishni mo‘ljallagan loyiha hisoblanadi. Bezos ushbu fondni o‘tgan yil fevralida tashkil etgan.
Mavzuga oid
19:40 / 26.01.2026
AQShda kuchli qor bo‘roni – fotosuratlar
19:38 / 04.12.2025
Nature jurnali O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlardagi xatolar tufayli iqlim haqidagi shov-shuvli maqolani qaytarib oldi
22:57 / 03.12.2025
Ekologiya – nihoyat siyosiy muammoga aylanyaptimi?
18:24 / 23.11.2025