O‘zbekiston | 15:57 / 03.11.2021
3794
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda hokimliklar o‘quvchilarga o‘rtacha qancha pul sarflagani ma’lum bo‘ldi

2020 yilda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 100 foiz maktablar bo‘yicha bir o‘quvchiga o‘rtacha 30 ming 230 so‘m xarajat qilingan.

Foto: Kun.uz

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, inspeksiya tomonidan mahalliy budjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan maktab ta’limini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar tahlil qilingan.

Maktablarga mablag‘ ajratish bo‘yicha eng faol viloyatlar:

  • Andijon viloyati (bir o‘quvchiga – 95 260 so‘m);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi (bir o‘quvchiga – 86 350 so‘m);
  • Toshkent shahri (bir o‘quvchiga – 46 080 so‘m).

Eng kam pul ajratgan viloyatlar esa

  • Jizzax viloyati (bir o‘quvchiga – 9 940 so‘m);
  • Samarqand viloyati (bir o‘quvchiga – 9 260 so‘m);
  • Namangan viloyati (bir o‘quvchiga – 6 960 so‘m).

2020 yilda 22 ta tuman va shaharda: Arnasoy, Baxmal, Mirzacho‘l, Yangiobod tumanlari, Jizzax shahri, Urganch shahri, Boyovut, Oqoltin, Sardoba, Chust, Norin, Uychi, Namangan, Dang‘ara, So‘x, Toshloq, Farg‘ona tumanlari, Termiz shahri, Denov, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on tumanlari va Angren shahrida maktab ta’limi uchun hokimliklar tomonidan mablag‘ ajratilmagan.

Mavzuga oid