Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyadagi shaharda aholi ketib qolishini to‘xtatish uchun bepul yer beriladi
Qayd etilishicha, noqulay sharoitda yashayotganlar va shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmaganlar bepul yer olishi mumkin.
Bolgariyaning Svilengrad shahrida aholi ketib qolishini to‘xtatish maqsadida uy qurish uchun bo‘sh uchastkalar bepul beriladi. Bu haqda TheMayor.EU portali xabar qildi.
Hozirda Bolgariya aholisi soni boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan tez kamaymoqda. Svilengrad shahrida XXI asr boshida 19 mingdan ortiq kishi yashagan bo‘lsa, hozirda 16 ming atrofida aholi istiqomat qiladi.
Shu bois yangi dastur yosh oilalar va boshlovchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Mahalliy hokimiyat shu yo‘l bilan aholi ketib qolishi muammosini hal qilmoqchi, deb yozadi portal.
Qayd etilishicha, noqulay sharoitda yashayotganlar va shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmaganlar bepul yer olishi mumkin.
Qurilish uchun maydondan tashqari, barcha zarur ruxsatnomalar va tasdiqlangan arxitektura rejasidan iborat hujjatlar ham taqdim etiladi.
Dasturning birinchi bosqichida sakkizta uchastkani berish rejalashtirilgan. Agar tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshsa, kelgusida dastur yanada kengaytiriladi.
Mavzuga oid
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
20:13 / 26.04.2026
Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025