Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilon shahar xalq ta'limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qo‘lga olindi
Marg‘ilon shahar xalq ta'limi bo‘limi boshlig‘i katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan shahar xalq ta'limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, tergov davomida Marg‘ilon shahar xalq ta'limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish-ta'mirlash ishlari davomida jami 1,7 milliard so‘m miqdordagi mablag‘larini talon-toroj qilganligi va davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Shu sababli, mansabdor shaxs 2021 yil 1 noyabr kuni gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, Farg‘ona politexnika instituti mansabdor shaxslari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
14:40 / 08.08.2025
Marg‘ilonda ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani Gentra'da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi
11:43 / 28.07.2025