O‘zbekiston | 09:58 / 03.11.2021
8841
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Erondan kartoshka va meva-sabzavot importini keskin oshirdi 

O‘zbekiston 2021 yilda Erondan meva va sabzavotlar importini keskin oshirdi, deya xabar bermoqda EastFruit.

Foto: kabar.kg

2021 yilning birinchi uch choragida Eron O‘zbekistonga 30,3 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berdi. 2020 yilning shu davridagi ko‘rsatkich esa 5,4 million dollarni tashkil qilgan.

Import hajmining asosiy o‘sishi kartoshka segmentiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston 17,6 million dollarga 126,4 ming tonna Eron kartoshkasini import qilgan, avvalgi mavsumlarda esa Eron kartoshkasi O‘zbekistonga yetkazib berilmagan edi. 

Kartoshkadan tashqari, Eron O‘zbekistonga xurmo yetkazib berishni ham keskin ko‘paytirdi - 5,4 barobar. 2021 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 6,9 ming tonnadan ortiq Eron xurmosi olib kirildi. Belgilangan davrda mamlakatga Eron kivisini yetkazib berish hajmi ikki barobarga, pista - 60 foizga, yangi olma - 20 foizga va sarimsoqpiyoz 2,2 barobarga oshdi. 

Erondan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan meva-sabzavot turlari keskin kengaygani qayd etilgan. Erondan O‘zbekistonga so‘nggi yillarda umuman olib kirilmagan kartoshkadan tashqari, 2021 yilda qalampir, tarvuz, pomidor, qovoq, yangi salat, sabzi, bodring, baqlajon, mayiz va quritilgan sabzavotlar kabi yangi mahsulotlar keltirildi. Biroq, bu sabzavot va mevalarning importi hajmi nisbatan past, quritilgan sabzavot va qalampir esa 100 tonnadan ortiq hajmda yetkazib berildi.

Teskari yo‘nalishda, ya'ni O‘zbekistondan Eronga sabzavot va mevalar yetkazib berilmagan. 

Mavzuga oid