Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 3ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi
Joriy yilning 1 noyabr kuni soat 18:00larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4-R181 “Qipchoq-Mang‘it-Turkmaniston” avtomobil yo‘lining 12-13-kilometrlari oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan U.Yu. "Lifan" rusumli yuk tashuvchi mototsiklda harakatlanayotib, keskin ortga burilishi natijasida orqadan harakatlanib kelgan haydovchi, 1956 yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi "Nexia" bilan to‘qnashgan va buning oqibatida "Nexia" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, haydovchi, 1963 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuvlar natijasida, "Nexia" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1960 yilda tug‘ilgan A.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida va uning 2017 yilda tug‘ilgan nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026