Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerda ham, osmonda ham chang. Toshkent manzaralari
O‘zbekistonda 4 noyabr kuni kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi yuz berdi.
Poytaxt Toshkentda 5 noyabr kuni ham noqulay ob-havo sharoiti saqlanib turibdi.
Ko‘tarilgan chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklangan. «O‘zgidromet» havodagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobarga oshganini bildirgan. Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda changli tuman juma kuni ham saqlanib qoladi. Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Nafas olishda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilishni boshladi, SSV aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Energetika vazirligi chang bo‘roni sabab «Markaz» nimstansiyasi o‘chib qolgani va bu nasoslarning ishlashiga ta’sir qilgani, natijada Toshkent shahri aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi «Qodiriya» bosh suv inshootida nosozlik yuz berganini ma’lum qildi.
Shaharda ko‘chalar, avtomobillar va boshqa turli obektlar chang qatlami bilan qoplangan. Chang hatto yopiq derazalar orqali binolar ichiga kirib, ichkarida ham sezilgan.
Kun.uz fotomuxbiri Toshkentda hamon kuzatilayotgan chang bo‘roni oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026