O‘zbekiston | 07:49 / 06.11.2021
4508
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 4 kunga yopiladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan biri 4 kunga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, 6 noyabr kuni soat 07:00 dan 10 noyabr kuni soat 20:00 ga qadar Chilonzor tumanidagi M.G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Bunga yo‘lni ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab ekani ma'lum qilingan.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid