Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada 20 ga yaqin yo‘lovchi samolyot qo‘ngandan keyin qochib ketdi
Ispaniyaning Mayorka oroli aeroportida politsiya Marokashdan Turkiyaga uchgan Airbus A320 samolyoti majburiy qo‘ngandan keyin undan qochib ketgan bir necha yo‘lovchini qidirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Air Arabia Maroc aviakompaniyasining Marokashdan Turkiyaga uchgan samolyoti yo‘lovchilardan biriga tibbiy yordam ko‘rsatish talab etilgani sababli Palma-de-Mayorkada qo‘nishni so‘ragan.
Samolyot qo‘ngandan keyin 23 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgan. Biroq u yerda u soppa-sog‘ligi aniqlanib, ko‘p o‘tmay chiqarib yuborilgan va hibsga olingan. U o‘zi va boshqalar Ispaniyaga noqonuniy kira olishi uchun o‘zini ataylab betob qilib ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.
Yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilishi vaqtida boshqa yo‘lovchilar samolyotni tark etib, aeroport to‘siqlaridan oshib tushib, har tomonga qochib ketgan.
Aeroport voqea sababli 3 soatdan ko‘proqqa yopilgan. Bu vaqt ichida 13 ta samolyotni boshqa aeroportlarga yo‘naltirishga to‘g‘ri kelgan. Hozircha qochoqlardan 5 nafarini ushlashga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
10:40 / 14.06.2026
JChda sensatsiyalar kuni. Qatar so‘nggi daqiqalarda gol urdi, Braziliya ochko yo‘qotdi
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
11:30 / 18.03.2026
Senegaldan Afrika chempionligi qaytarib olindi va Marokashga berildi
11:31 / 19.01.2026