Senegal – Afrika çempioni! Va bu aql bovar qilmas finalda röy berdi. Senegalliklar öyin oxirida hakam qaroridan norozi bölib, maydonni taşlab ketişdi, ammo Sadio Manening iltimosi bilan qaytişdi – va Eduard Mendi panenka uslubidagi penaltini qaytardi. Keyin esa Senegal overtaymda gol urib, sovrinni qölga kiritdi.
Senegal – Marokaş 1:0
Gol: Guyye, 94 (1:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Dias, 90+24’
Senegal: E. Mendi, M. Sarr, Niakate, Diuf (Yakobs, 106), A. Mendi (Sek, 77), Gana Guyye, Guyye, Kamara (I. Sarr, 77), Mane, I. Ndiay (Mbay, 77), Jyekson (Ş. Ndiay, 90)
Marokaş: Bunu, Agerd, Masina (Al-Yamiq, 89), Mazraviy (Igaman, 98), Hakimi, Al-Aynaviy, Saybari (Salohiddin, 90+4), Al-Hannus (Targallin, 80), Azzalzuliy, Dias (Ahomaş, 98), Al-Kaabi (An-Nosiriy, 80)
Ogohlantirişlar: Kamara, 24. I. Sarr, 90. Diuf, 90. E. Mendi, 90. M. Sarr, 113 – Salohiddin, 90. An-Nosiriy, 112
Senegalliklar bahsli penaltiga çiday olişmadi. Faqat Mane öynaşda davom etişga undadi va uning sa’y-harakatlari bekor ketmadi!
Boş hakam ikkinçi bölimga roppa-rosa sakkiz daqiqa qöşib berdi, amalda esa qöşimça daqiqalar uzoq davom etdi (110-daqiqagaça).
Avvaliga, 92-daqiqada senegalliklar gol urişgandi, ammo gol bekor qilindi: burçak zarbasidan keyin darvozani işğol etişidan oldin Abdulayye Sek töp uçun kuraşda Aşraf Hakimini turtib yuborgan deb topildi.

96-daqiqada esa Braim Dias raqib jarima maydonida burçak zarbasidan keyin Diuf bilan töp uçun kuraşda gazonga yiqildi. VAR referini monitor qarşisiga çorladi va yakunda penalti belgilandi.

Şundan keyin senegalliklar qattiq e’tiroz bildira boşlaşdi. Bir neça daqiqa ötib Senegal milliy jamoasi futbolçilari namoyişkorona maydonni tark eta boşladi. Senegalliklar ustozi Pap Tiav ham sönggi daqiqalardagi bahsli penalti tufayli qattiq norozi böldi va jamoasiga maydonni tark etişni buyurdi.
















