Polsha chegarasini bir necha o‘n migrant yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi
Polsha hududiga Belarusdan chegaradagi to‘siqlarni buzib, bir necha o‘n migrant o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda chegarachilarga tayanib Polsha radiosi xabar berdi.
Polsha chegara xizmati vakili Katajina Zdanovichning ma'lum qilishicha, migrantlar Polshaga chegaraning Byaloveja va Krinkidagi qismi orqali o‘tgan. Ba'zi muhojirlarni Belarusga qaytarishga muvaffaq bo‘lingan, biroq qolganlari qidirilmoqda.
Shu bilan birga, yuzlab migrantlar to‘plangan Kuznitsadagi chegara punktida vaziyat osoyishta qolmoqda.
“Bugun migrantlar belaruslardan yegulik oldi. Ularda chodirlar, uxlash uchun qoplar bor, kechasi ular isinish uchun gulxan yoqmoqda. Ular ortidan Belarus xizmatlari kuzatuv olib bormoqda”, deb aytilgan xabarda.
Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda hukumat Belarus bilan chegaradagi vaziyatni nazorat ostida ushlab turgani va hozircha NATO yordami kerakmasligini aytgan.
Mavzuga oid
22:20 / 29.05.2023
Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
08:34 / 10.04.2023
O‘rta Yer dengizida migrantlar yana ommaviy ravishda cho‘kmoqda
11:22 / 18.03.2023
“Orzular mamlakati”. Amerikada kim qancha maosh oladi?
17:07 / 14.03.2023