Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya o‘zbekistonlik migrantlar uchun asosiy mehnat bozori bo‘lib qolmoqda
Rossiya o‘zbekistonlik migrantlar uchun asosiy mehnat bozori bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning 10 oyi davomida u yerga rasman 84,5 ming o‘zbekistonlik ishlash uchun ketgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi tashqi mehnat bozoridagi 382 ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazib, ulardagi 69 ming 271 ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.
O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 45 ming 247 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilingan. Rossiyadagi kasb-hunar markazlarida esa 951 nafar fuqaro o‘qishga jalb etilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 91 ming 958 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan:
- 84 ming 574 nafari - Rossiyaga;
- 6 ming 197 nafari - Qozog‘iston;
- 1 ming 174 nafari - Janubiy Koreya (Ye-8 vizasi va mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga);
- 7 nafari - BAA;
- 2 nafari - Turkiya;
- 2 nafari - Polsha;
- 2 nafari - boshqa davlatlar.
Avvalroq, COVID-19 bois Rossiya mehnat bozorida 1 mln xorijlik mehnat migrantiga ehtiyoj tug‘ilgani xabar berilgandi. Bu haqda Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidentiga asoslanib, O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Xayrulla Umarov ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:56
Xerson gubernatori dron hujumida 24 kishi halok bo‘lganini aytdi
08:44
Ukraina Xorlidagi mehmonxonaga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026