Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda talabalarning 65 foizi vaksina oldi, qaysi hududlar yetakchi?
Kun.uz so‘roviga binoan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati shu paytgacha qancha talaba koronavirusga qarshi vaksina olgani haqidagi ma'lumotni taqdim etdi. Ushbu maqolada siz qaysi hududda qancha talaba emlangani haqidagi ma'lumotlarni olasiz.
Foto: KUN.UZ
Kun.uzga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha Respublika bo‘ylab 371 028 nafar talaba vaksina olgan.
Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi – 189696 nafar talaba emlangan. Buni eng ko‘p OTMlar poytaxtda joylashgani bilan izohlash mumkin.
Keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (55863 nafar), Farg‘ona viloyati (288840 nafar) band etdi.
4 viloyatda emlangan talabalar soni 10 mingdan oshganini ko‘rish mumkin, bular Namangan (17263 nafar), Qashqadaryo (14955 nafar), Toshkent (11638 nafar) va Xorazm (11216 nafar) viloyatlaridir.
Eng kam ko‘rsatkich Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi – atigi 115 nafar talaba vaksina olgan.
2020/21-o‘quv yili boshida respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalar soni 571,5 ming kishini tashkil etmoqda. Vaksina olgan talabalar esa qariyb 65 (64,9) foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, vaksina olgan talabalarga to‘lov-kontrakt miqdorining 10 foizlik chegirma berish muddati 15 noyabrgacha.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022