Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiven Jyerrard APL klubi bosh murabbiyiga aylandi
Shotlandiyaning «Glazgo Reyndjyers» klubi bosh murabbiyi Stiven Jyerrard Angliyaga qaytdi.
Foto: Getty Images
«Aston Villa» klubi Stiven Jyerrardni rasman bosh murabbiy deb e'lon qildi.
«Aston Villa» katta mamnuniyat bilan Stiven Jyerrardni jamoaning yangi bosh murabbiyi deb e'lon qiladi», - deyiladi birmingemliklarning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Avvalroq, Jyerrard Birmingem klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolashi haqida aytilgandi.
Kuni kecha APL klubi shotland jamoasi bilan Jyerrard masalasida kelishuvga erishgani, unga ko‘ra «Aston Villa» Stiven uchun «Reyndjers»ga 3 million yevro tovon puli to‘lashi, Jyerrard «Aston Villa» tarixidagi eng ko‘p haq oluvchi murabbiyga aylanishi haqida xabar berilgandi.
«Liverpul» afsonasi Angliyada bungacha 2017-2018 yillar davomida «Liverpul» klubi yoshlar jamoasini (U-19) boshqargan edi.
Ma'lumot uchun, «Villa» APL 11-turidan keyin 10 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. O‘tgan haftada jamoa bosh murabbiyi Din Smit iste'foga chiqarilgandi.
Mavzuga oid
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
16:00 / 19.02.2026
Angliyada poyga boshlandi. «Arsenal»ga nima bo‘lyapti?
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:06 / 09.12.2025