Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar qamoqxonalarda harbiylarni ushlab turishda ayblandi
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” jangarilari mamlakat qamoqxonalarida harbiylarni ushlab turibdi. Bu haqda Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulloh Solih Twitter’da ma'lum qildi.
Siyosatchi toliblar qamoqxonalarda IShID jangarilarini ushlab turgani haqida yolg‘on gapirayotganini aytgan. Uning ta'kidlashicha, qamoqxonalarda Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari harbiylari saqlanmoqda. Solih toliblar hamon qamoqxonalarga jurnalistlarga tashrif buyurishga ruxsat bermaganini ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq “Afg‘oniston milliy qarshilik fronti” vakili Ali Maysam Nazariy toliblar IShID va “Al-Qoida” terrorchilari bilan yaqin aloqalarni saqlayotganini aytgan. Uning aytishicha, toliblar xalqaro terrorchilik bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular har kuni ushbu terrorchi guruhlar a'zolariga yordam ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026