Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an o‘zini dunyo yetakchilari orasida eng tajribalisi deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning Chanaqal'a viloyatida yoshlar bilan uchrashuvda o‘zining dunyo siyosatidagi o‘rniga baho berdi. Uning aytishicha, bugungi kunda dunyo yetakchilaridan birortasi tajribalilik bo‘yicha unga tenglasha olmaydi.
“Men dunyoni bilaman. Hozirgi dunyo yetakchilari ichida eng tajribalisiman. Buni maqtanish uchun emas, balki boshqa yetakchilar orasidagi o‘rnimni ko‘rsatish uchun aytmoqdaman. Chunki xalqim kim kimligini bilishi muhimdir”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Erdo‘g‘an 2003 yildan 2014 yilgacha Turkiya bosh vaziri lavozimini egallagan. 2014 yilda esa u mamlakatda o‘tgan birinchi prezident saylovlarida g‘alaba qozongan va 4 yildan keyin o‘tgan muddatdan oldin saylovlarda yangi muddatga qayta saylangan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026