Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi
O‘zbekistonda dekabrda umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vazirlik Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkazadi.
Ma'lum qilinishicha, imtihonda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Imtihonda ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va barcha uchun ochiq.
Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 1 dekabr kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savol beriladi. Ikkinchi bosqich Konstitutsiya kuni arafasida tashkil etilib, onlayn translatsiya qilinadi. Bunda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: birinchi o‘rin — 15 million so‘m; ikkinchi o‘rin — 10 million so‘m; uchinchi o‘rin — 5 million so‘m.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025