Jahon | 16:50 / 16.11.2021
5334
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Haiti prezidentini o‘ldirishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan Xandal Istanbul aeroportida AQShdan Iordaniyaga uchadigan samolyotga chiqishga uringan paytida qo‘lga olingan.

Foto: cleanbowled

Turkiya hukumati shu yilning iyulida Haiti prezidenti Jovenel Moizni o‘ldirishda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Haiti tashqi ishlar vaziri Klod Jozef ma'lum qildi.

«Men hozirgina Turkiya vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li bilan telefonda gaplashdim va prezidentni o‘ldirishda gumonlanganlardan biri Samir Xandalni hibsga olgani uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdim», – deb yozdi Jozef Twitter sahifasida.

Reuters agentligining ma'lumotiga ko‘ra, Interpol qidiruvida bo‘lgan Xandal Istanbul aeroportida AQShdan Iordaniyaga uchadigan samolyotga chiqishga uringan paytida qo‘lga olingan.

7 iyulda Haiti prezidenti Jovenel Moiz o‘z qarorgohida o‘ldirilgandi. Klod Jozef vaqtinchalik hukumat rahbari etib tayinlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, prezident Moizni 28 kishidan iborat yollanma qotillar guruhi o‘ldirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid