Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Farg‘onada uch modeldagi elektromobillar ishlab chiqaradi
Farg‘ona mexanika zavodi hududida «Elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillar ishlab chiqarish» loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu yerda qurilish-montaj ishlari olib borilyapti.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi axborot xizmati xabar berishicha, loyihaning umumiy qiymati 50 mln AQSh dollari bo‘lib, 5 mln dollarni bevosita tadbirkor sarmoya sifatida kiritsa, 40 mln AQSh dollari xorijiy investitsiya hisobiga jalb qilinadi. 5 mln dollar bank kreditidan o‘zlashtiriladi.
Uyushma axborot xizmati rahbari Namoz Tolipovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Farg‘ona shahrida elektromobillar ishlab chiqarish loyihasini Central Asia Motors korxonasi amalga oshirmoqda.
Joriy yil dekabr oyida 4ta yengil va 8ta yuk elektromobili test rejimida korxona konveyerlaridan chiqadi. O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari ommalashmagani bois, dastlabki bosqichda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqariladi. Bunda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi.
Umuman, 2022 yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 ish o‘rni barpo etiladi. Korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, yiliga E-200 (krossover), E-400 (furgon) va E-500 (yo‘ltanlamas) modifikatsiyasidagi 10 ming elektromobil ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘ladi.
Loyihaga ko‘ra, akkumulyator, kuzov va quvvatlash stansiyasi mahalliylashtiriladi.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026