O‘zbekiston | 13:07 / 17.11.2021
10905
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda «Zakovat» to‘garaklari tashkil etiladi

O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida «Zakovat» to‘garaklarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Zakovat» intellektual klubining telegramdagi rasmiy kanalida xabar berildi.

Foto: Zakovat intellektual klubi

Qayd etilishicha, maktablarda «Zakovat» to‘garaklarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Ma'lum qilinishicha, bu yo‘ldagi ilk qadamlardan biri sifatida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 134-o‘rta ta'lim maktabida «Zakovat» intellektual klubi o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida klub rahbari Abdurasul Abdullayev ishtirok etdi hamda o‘quvchi-yoshlarga o‘zining uzoq yillik tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdi. Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida maxsus turnir o‘tkazildi.

Tadbir davomida kelgusida «Zakovat» intellektual klubi NNT ko‘magida o‘quvchilar uchun muntazam ravishda turli xil intellektual o‘yinlar tashkillashtirishga kelishib olindi.

Foto: Zakovat intellektual klubi

Avvalroq, «Zakovat» boshlovchisi loyihaning tug‘ilishi, muvaffaqiyati va og‘ir yillari hamda ilk bilimdonlar uni nega tark etgani haqida gapirib bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid