Samarqandda «Jiguli» urib yuborgan piyoda vafot etdi
Samarqand shahrida «Jiguli» avval piyodani urib yuborgan, so‘ng yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda vafot etdi. Bu haqda IIV YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 12 noyabr kuni Samarqand shahri Universitet xiyoboni ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
«Jiguli» mashinasi haydovchisi tezlik me'yorlarini buzgan holda harakatlanib kelib yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan. So‘ng mashina yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan. Oqibatda «Jiguli» haydovchisi va piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan piyoda vafot etgan.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024