Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar umumta'lim muassasalarida dars berishga jalb etiladi
Prezidentning “Ta'lim maskanlarida biznesga o‘qitish va moliyaviy savodxonlikni oshirishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Belgilanishicha, umumta'lim muassasalarida tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tishda yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar taklif etiladi. Belgilangan darslar o‘quvchilarda umumiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tadbirkorlik jarayonlarini o‘rganish hamda amaliy muammoli vaziyatlar (keyslar)ni tahlil qilishga qaratiladi.
Xalq ta'limi vazirligi uch oy muddatda tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan darslar uchun dasturini ishlab chiqilishini ta'minlaydi. 2022 yil 1 maydan boshlab “Uzluksiz kasbiy ta'lim” maxsus elektron platformasida tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tadigan o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini ishlab chiqishda umumiy o‘rta ta'lim tizimi uchun “Moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik” o‘quv darslari uchun zarur pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kvotalarini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026